Follow us :



NOMZODLАRNING SHАXSGА DOIR MА’LUMOTLАRI HIMOYASI TO’G’RISIDА XАBАRNOMА

«Uklon UB» MChJ XK kompaniyasi (keyingi o’rinlarda “Uklon”, “kompaniya”, “biz” yoki “bizga”) sizning maxfiyligingizni hurmat qiladi va shaxsga doir ma’lumotlaringizni himoya qilish majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Uklon kompaniyasi – shaxsga doir ma’lumotlar egasi hisoblanadi. Bu siz haqingizdagi shaxsga doir ma’lumotlarni qanday saqlashimiz va ishlatishimiz to’g’risida qaror qabul qilish uchun javobgar ekanligimizni anglatadi.
Ushbu xabarnomaning maqsadi - sizning shaxsga doir ma’lumotlaringiz qanday va nima uchun ishlatilishi, xususan, xodimlarni tanlash yo’lida va qancha vaqt davomida saqlanishi haqida sizni xabardor qilishdir. Xabarnomada shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunchilikka (keyingi o’rinlarda “ma’lumotlarni himoya qilish to’g’risidagi qonunchilik” deb yuritiladi) muvofiq taqdim etilishi kerak bo’lgan ma’lum ma’lumotlar ham mavjud.

MA’LUMOTLAR HIMOYASINING TAMOYILLARI
Biz qonunchilikka va ma’lumotlarni himoya qilish tamoyillariga amal qilamiz, ya’ni sizning ma'lumotlaringiz:
● Qonuniy, adolatli va shaffof yo‘lda foydalaniladi.● Faqat biz sizga tushuntirib bergan to’g’ri maqsadlar uchun to‘planadi va bu maqsadlarga mos kelmaydigan tarzda foydalanilmaydi.● Biz sizga ma’lum qilgan maqsadlar bilan muvofiqlashtiriladi va faqat ushbu maqsadlar bilan chegaralanadi.● Aniq va dolzarb bo’ladi.● Biz sizga ma’lum qilgan maqsadlar uchun zarur bo‘lgan vaqtgacha saqlanadi, ya’ni ishga qabul qilish munosabati bilan aloqador hollarda.● Tegishli texnik va tashkiliy chora-tadbirlar yordamida ruxsatsiz va/yoki noqonuniy ishlov berish, shuningdek, yo’qotish va/yoki yo’q qilishdan saqlanadi va himoya qilinadi.

SIZ HAQINGIZDA QANDAY MA’LUMOTLARNI SAQLAYMIZ
Sizning arizangiz bilan bog’liq holda yoki tavsiyachilar tomonidan sizning nomzodingiz tavsiyasi bilan, biz siz haqingizda quyidagi shaxsga doir ma’lumotlarni yig’amiz, foydalanamiz va saqlaymiz:
● O‘zingizning rezyumeingizda (CV) bizga taqdim etgan ma’lumotlaringiz, shuningdek, kuzatuv xati va/yoki sharhlaringizdagi shaxsiy ma'lumotlar.● Bizning so’rovnomamizda ko’rsatilgan ma’lumotlaringiz, jumladan, ismingiz, familiyangiz va shaxsiy elektron pochta manzilingiz va suhbat davomida taqdim etilgan har qanday ma’lumot.● Sizning tavsiyanomalaringiz orqali siz haqingizda bizga taqdim etilgan har qanday shaxsga doir ma’lumotlar [agar mavjud bo’lsa].
Agar, siz bizga tavsiyanomani, boshqa professional ma’lumotnomani yoki tavsiyachining aloqa ma’lumotlarini taqdim qilsangiz, siz bunday tavsiyachi o‘z ma’lumotlarining bizga taqdim qilinishidan xabardor ekanligiga va ularning ma’lumotlarini kompaniyamiz tomonidan ishlov berilishiga roziligini kafolatlaysiz.

SIZNING SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARINGIZ QANDAY YIG’ILADI?
Biz nomzodlar haqidagi shaxsga doir ma’lumotlarni quyidagi manbalardan yig’amiz:
● Siz, nomzod.● Kompaniyada ishlaydigan va tavsiyanoma dasturi orqali sizni tavsiya qiladigan tavsiyachilar.● Siz sanab o’tgan tavsiyachilar [agar mavjud bo’lsa].● LinkedIn kabi ommaviy manbalar.● Agar sizni bizning xodimlarimizdan biri bizning tavsiyanoma dasturimiz orqali tavsiya qilsa, biz siz ushbu tavsiyaga rozilik bildirganingizni va ushbu Nomzodning shаxsgа doir mа’lumotlаri himoyasi to’g’risidа xаbаrnomа shartlarini o'qib chiqqaningizni va tushunganingizni taxmin qilamiz.

SIZ HAQINGIZDAGI MA’LUMOTLARDAN QANDAY FOYDALANAMIZ? 
Biz yig’ilgan shaxsga doir ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalamiz:
● Ko’nikmalaringiz, malakangiz va muayyan lavozimga muvofiqligingizni baholash.● Taqdim etilgan ma’lumotlar va tavsiyalarni [mavjud bo’lsa] tekshirish.● Ishga qabul qilish jarayoni haqida siz bilan muloqot qilish.● Ishga qabul qilish jarayoni bilan bog’liq hisobni yuritish.● Qonunchilik yoki normativ hujjatlar talablariga rioya qilish.
Sizni lavozimga tayinlash to’g’risida qaror qabul qilish bizning qonuniy manfaatlarimizga to’g’ri keladi, chunki bu lavozimga to’g’ri nomzodni tayinlash bizning tadbirkorlik faoliyatmiz uchun foydali bo’ladi.
Shuningdek, siz bilan shartnoma (mehnat shartnomasi) tuzish to’g’risida qaror qabul qilish uchun shaxsga doir ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz kerak.
Sizning rezyume va kuzatuv xatingizni olganimizdan so’ng, biz ushbu ma’lumotlarga ishlov beramiz va sizning tegishli lavozimga nomzodlar uchun asosiy talablarga javob berishingiz to’g’risida qaror qabul qilamiz. Agar qaror ijobiy bo’lsa, biz sizni suhbatga taklif qilishimiz mumkin. Agar biz sizni suhbatga taklif qilishga qaror qilsak, suhbatda bizga taqdim etgan ma’lumotlaringizdan sizga ushbu lavozimni taklif qilish to’g’risida qaror qabul qilish uchun foydalanamiz. Agar biz sizga lavozim taklif qilishga qaror qilsak, tayinlanishingizni tasdiqlashdan oldin sizdan tavsiyanomalar olishimiz va/yoki boshqa har qanday boshqa tekshiruvni amalga oshirishimiz mumkin.

SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI TAQDIM QILINMAGAN HOLDA
Agar siz so’rov bo’yicha nomzodingizni ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan shaxsga doir ma’lumotlarni taqdim qilmasangiz (masalan, malaka yoki ish tarixini tasdiqlovchi hujjat), biz sizning nomzodingizni boshqa ko’rib chiqa olmasligimiz mumkin. Misol uchun, agar biz ma’lum bir lavozim uchun tavsiyanomalarni talab qilsak va siz bizga tegishli tavsiyanomalarni taqdim qilmasangiz, biz sizning arizangizni boshqa ko’rib chiqa olmaymiz.

SHAXSGA DOIR MAXFIY MA’LUMOTLARDAN QANDAY FOYDALANAMIZ?
Ishga qabul qilish jarayonida sizdan maxfiy ma’lumotlarni taqdim etishingizni talab qilmaymiz. Biroq, agar siz bizga bunday ma’lumotni taqdim qilsangiz (rezyumeingizda yoki so’rovnomaga sharhlarda), biz undan faqat ma’lumotlarni himoya qilish qonunchiligi ruxsat bergan darajada foydalanamiz.

AVTOMATLASHTIRILGAN QAROR QABUL QILISH
Sizga nisbatan, faqat avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish asosida sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan qarorlar qabul qilinmaydi.

MA’LUMOT ALMASHINUVI
Biz sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni Uklon kompaniyalar guruhida faqat arizangizga ishlov berish uchun taqdim qilamiz. Guruhimizning barcha korxonalari shaxsga doir ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun tegishli xavfsizlik choralarini ko’radi.

MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGI
Biz sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni tasodifiy yo’qotish, ishlatish yoki ruxsatsiz foydalanish, o’zgartirish va/yoki oshkor qilishning oldini olish uchun tegishli xavfsizlik choralarini ko‘ramiz.
Bundan tashqari, biz shaxsga doir ma’lumotlaringizdan foydalanish imkoniyatini faqat xizmat zarurati kerak bo’lgan xodimlar, agentlar va pudratchilar bilan chegaralab qo’yamiz. Ular sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizga faqat bizning maxsus ko’rsatmalarimiz asosida ishlov berishadi va maxfiylikka rioya qilishga majburdirlar.

MA’LUMOTLARNI SAQLASH
Biz sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni oxirgi murojaat qilingan kundan boshlab 2 (ikki) yil davomida saqlaymiz. Biz ushbu muddat davomida sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni saqlashimizning sababi, biz sudga da’vo qilingan taqdirda, nomzodlarni taqiqlangan sabablarga ko’ra kamsitmaganligimizni va adolatli va shaffof tarzda yollaganimizni isbotlashimiz mumkin.Bundan tashqari, agar siz nomzod bo‘la oladigan o’xshash lavozim mavjud bo’lsa, biz ushbu shaxsga doir ma’lumotlarni saqlaymiz.

NOMZODNING SHAXGA DOIR MA’LUMOTLAR SUBYEKTI SIFATIDAGI HUQUQLARI
Muayyan sharoitlarda, ma’lumotlarni himoya qilish qonunchiligiga muvofiq, siz quyidagi huquqlarga egasiz:
● Shaxsga doir ma’lumotlaringizdan foydalanish imkoniyatini talab qilish. Bu sizga bizda bo’lgan shaxsga doir ma’lumotlarning nusxasini olish va ularga qonuniy ravishda ishlov berayotganimizni tekshirish imkonini beradi.● Siz haqingizda saqlanayotgan shaxsga doir ma’lumotlarni tuzatishni so’rash. Bu sizga to’liq bo’lmagan yoki noto’g’ri ma’lumotlarni tuzatish imkonini beradi.● Shaxsga doir ma’lumotlaringizni o’chirishni talab qilish. Bu bizdan shaxsga doir ma’lumotlarni o’chirish va/yoki undan keyin ishlov berish uchun qonuniy asosimiz bo’lmasa, ularni chiqarib olishimizni so’rash imkonini beradi. Shuningdek, agar siz ularni qayta ishlashga e’tiroz bildirish huquqidan foydalangan bo‘lsangiz, shaxsga doir ma’lumotlaringizni o‘chirib tashlashimizni so’rash huquqiga egasiz.● Agar biz qonuniy manfaatlarimiz (yoki uchinchi tomon manfaatlari) bo’yicha amal qilsak va sizning muayyan vaziyatingizda shu asosda ishlov berishga e’tiroz bildiradigan biror sabab bo‘lsa, shaxsga doir ma’lumotlaringizga ishlov berishga e’tiroz bildirish.● Shaxsga doir ma’lumotlaringizga ishlov berishni cheklashni talab qilish. Bu sizga shaxsga doir ma’lumotlaringizga ishlov berishni to’xtatib turishimizni so’rash imkonini beradi, masalan, agar siz ularning to’g’riligi yoki ularga ishlov berish sababini aniqlashimizni xohlasangiz.● Shaxsga doir ma’lumotlaringizni boshqa tomonga taqdim qilishni talab qilish.● Ma’lumotlarni himoya qilish to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlar.

MA’LUMOTLAR HIMOYASI BO’YICHA SO’ROVLAR BILAN MUROJAAT QILISH
Agar sizda ushbu ma’lumotlarni himoya qilish xabarnomasi yoki shaxsga doir ma’lumotlaringizga qanday ishlov berishimiz haqida savollaringiz bo’lsa yoki ma’lumotlarni himoya qilish to’g’risidagi qonunchilik tomonidan sizga berilgan huquqlardan birini amalga oshirishni istasangiz, iltimos, ue.nolku%401nolku.zu manziliga elektron pochta xabarini yuboring.

Kuchga kirish sanasi: 17.04.2024